Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch kishining ustiga mashina haydab, o‘limiga sabab bo‘lgan kishiga hukm o‘qildi

Uch kishining ustiga mashina haydab, o‘limiga sabab bo‘lgan kishiga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida 3 nafar shaxsni o‘ldirishda va ikki nafar shaxsni o‘ldirishga suiqasd qilishda ayblangan A.Z.ga oid jinoyat ishi yakunlandi. 

Ayblovga ko‘ra, sudlanuvchi o‘tgan yili 7-noyabrda «Matiz» rusumli avtomashinasida Quva tumani «Ittifoq» mahalla fuqarolar yig‘inida besh nafar shaxsni qasddan o‘ldirish maqsadida ularning ustiga avtomashinani haydab borib, 3 kishining vafot etishiga va 2 nafarining turli darajadagi tan jarohatlari olishiga sababchi bo‘lgan.

Sudning hukmiga ko‘ra, A.Z. Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismining «a», 97-moddasi 2-qismining «a» bandi va 109-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga JK 59-moddasining 3-qismiga asosan o‘tash uchun uzil-kesil 19 yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchiga tegishli bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashina jinoyat quroli deb e’tirof etilib, davlat foydasiga musodara qilinishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring