Farg‘onada viloyat koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish shtabi va maxsus komissiya qaroriga asosan 2020-yil 11- avgustdan boshlab, viloyat hududidagi umumiy ovqatlanish ob’yektlari, jumladan, oshxona, choyxona, restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat berildi.
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilib, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar bilan ta’minlagan holda o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.
Faoliyatini davom ettirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik sub’yektlarida tegishli organlar tomonidan karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi. Barcha xodimlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan.
Restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda faoliyatini soat 8:00 dan 20:00 ga qadar tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter