Farg‘onada kollej talabasi maktab o‘quvchisini pichoqladi
Joriy yilning 28-fevral kuni Qo‘qon shahrida yashovchi, avtotransport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi U.D. o‘zaro janjal sabab, tanishi 2-sonli o‘rta maktab o‘quvchisi R.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada R.I. kasalxonaga yotqizilib, U.D. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq, G‘azalkentda 39 yoshli ayolni o‘ldirib, uning o‘g‘lini jarohatlashda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter