Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada kirakash ayoldan go‘yoki «o‘ch oldi»

Farg‘onada kirakash ayoldan go‘yoki «o‘ch oldi»

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 2 sentyabr kuni haydovchi O‘.E o‘z boshqaruvidagi «Gentra» rusumli avtomashinasida talonchilikka qo‘l urdi.

U yashash manziliga olib borib qo‘yishini aytib, M.F ismli ayolni avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqaradi va yo‘lda ketayotgan vaqtda M.F.ga go‘yoki ikki yil avval yo‘lkira haqqini bermaganligini bahona qilib, uning qo‘lida bo‘lgan «Samsung A-02» rusumli uyali telefon apparati, 500.000 so‘m puli, tibbiy hujjatlari va ayollar kiyimi bo‘lgan qo‘l sumkasini ochiqdan-ochiq tortib olib qo‘yib, Yangiobod mahalla hududiga yetib kelgach, M.Fni avtomashina salonidan tortib tushirib yuboradi va hodisa joyidan qochib ketadi.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring