Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi zavod ishchilarining chiqishiga huquqiy baho berildi

Farg‘onadagi zavod ishchilarining chiqishiga huquqiy baho berildi

Joriy yilning 29-noyabr kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani, Sho‘rsuv MFYda joylashgan gips ishlab chiqaruvchi zavod gaz tarmog‘idan uzilgan va buning ortidan esa 10 mingga yaqin ishchi-xizmatchilar ishsiz qolgani, ularning zavod oldida o‘z noroziliklarni bildirib videomurojaat e’lon qilganliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.

Rasmiylarning bildirishicha, gaz ta’minotidan uzilishga yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida oldindan tuzilgan shartnoma shartlariga binoan yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, bundan aholiga tabiiy gazni ko‘proq yetkazib berish maqsadi qilingan.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, 6-dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari o‘zboshimchalik bilan jamoat tartibini buzib, nozorilik uyushtirgan.

Shu sabab mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi 7-dekabr kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring