Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada budjetga katta miqdorda zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi

Farg‘onada budjetga katta miqdorda zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tekshiruvda shaharning Achchiqko‘l mahallasi hududida joylashgan parrandachilik sexida fuqaro M.N. elektr hisoblagichsiz, o‘zboshimchalik bilan mayning qurilmalari, sovutish va yoritkich moslamalari hamda boshqa elektr qurilmalaridan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqaro tomonidan «Farg‘ona HETK» AJ manfaatiga 2,8 mln kVt hajmdagi elektr toki yoki 2,5 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Prezidentning tegishli qarorlariga asosan noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanib, 12,3 mlrd so‘m mablag‘ undirish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Shu tariqa huquqbuzarga 5 barobar o‘suvchi koyeffitsiyent bilan jarima tariqasida 9,9 mlrd so‘m qo‘shimcha hisob-kitob qilindi.

Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring