Farg‘ona va Qashqadaryoda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar fosh qilindi
Qashqadaryo viloyatida ikk nafar – G.X. va M.R. ismli shaxslar fuqaro G.G‘.ni Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishlarini aytib, undan buning evaziga 1 300 AQSh dollari so‘ragan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar G.G‘.dan so‘ralgan pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.O‘. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialiga ko‘chirib berishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter