Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona – Dubay yo‘nalishida birinchi aviaqatnov amalga oshirildi

Farg‘ona – Dubay yo‘nalishida birinchi aviaqatnov amalga oshirildi

Illyustrativ foto

Bugun, 30-oktyabr kuni Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha «O‘zbekiston havo yo‘llari» ilk parvozni amalga oshirdi.

Ruslan Mustafoyev sardorligidagi «Airbus A320» havo kemasi 135 yo‘lovchini Dubay xalqaro aeroportiga yetkazib qo‘ydi.

Ushbu tarixiy voqea munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazildi, deb xabar berdi «O‘zbekiston havo yo‘llari» matbuot xizmati.

Mazkur qatnovning ochilishi «Sharqiy» xab rivojlanishning uchinchi bosqichi bo‘ldi. Farg‘ona vodiysidan qatnovlarga talab ortib borayotganligi sababli Uzbekistan Airways 2022-yil yanvar oyida «Sharqiy» xabni rivojlantirishni boshlagandi, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Namangandan parvozlar «Full ekonom» aviatashuv tamoyili asosida Uzbekistan Airways Express havo kemalarida amalga oshirilmoqda.

Kompaniya ma’lum qilishicha, bugungi kunda haftasiga 7 marta Toshkentdan Dubayga muntazam qatnovlar amalga oshirilmoqda. 2022-yil 31-oktyabrdan esa aviakompaniya Toshkent – ​​Sharja – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlar sonini haftasiga 3 martagacha (dushanba, payshanba, shanba kunlari) amalga oshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring