Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi AstraZeneca bilan emlashni qaytadan boshlamoqchi

Yevropa Ittifoqi AstraZeneca bilan emlashni qaytadan boshlamoqchi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni qayta boshlashmoqda, deb xabar beradi MIR 24.

Yevropa dori agentligi mutaxassislari ba’zi bemorlarda emlash va qon quyuqlashish o‘rtasida hech qanday bog‘liqlikni topmaganlar.

Ko‘pincha bunday asoratlar ayollarda uchraydi. Ammo, agentlik rahbarining so‘zlariga ko‘ra, nozik jins vakillarini xavf guruhiga kiritishga hali erta. Italiya, Fransiya va Germaniya bugundan boshlab emlashni qayta boshlashmoqda. Nojo‘ya ta’siri yo‘q deya aytilgan bayonotlardan so‘ng Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson AstraZeneca vaktsinasi bilan emlanishga va’da bergan.

«Barchamiz imkon qadar emlash olishimiz darkor. Men ham o‘z navbatida emlash qabul qilishga tayyorman», degan Jonson.

Eslatib o‘tamiz, ushbu vaksinadan dastlabki 600 ming doza O‘zbekistonga ham olib kelindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring