Yevropani ayanchli kelajak kutmoqda — nima qilmoq kerak?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge Yevropada COVID-19 tufayli yarim million kishi halok bo‘lishini ehtimolini aytdi. Uning VVSga aytishicha, agar davlatlar cheklovlarni kuchaytirmasa, qishda 500 mingga yaqin odam halok bo‘lishi mumkin.
JSST Yevropada koronavirus tarqalishining ortib borayotganidan xavotirda. Shuning uchun mutaxassislar hali emlanmagan har bir kishiga niqob taqishni va aholini emlash ishlarini davom ettirishni tavsiya qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada COVID-19ning navbatdagi to‘lqini sovuq havoning yaqinlashib kelayotgani, bir qator mamlakatlarda emlash darajasi pastligi va ko‘proq yuqumli shtammlarning paydo bo‘lishi tufayli kuzatilmoqda.
Klyuge, shuningdek, majburiy emlash bo‘yicha qonunchilik va jamoatchilik muhokamasi o‘tkazishga chaqirgan.
«Majburiy emlashga murojaat qilishdan oldin, siz boshqa vositalarni ko‘rishingiz kerak, masalan, erkinlikni umuman cheklamaydigan, aksincha, uni saqlab qolishga yordam beradigan yo‘llarni», — deya xulosa qilgan u.
19 noyabr kuni AQShda koronavirus infeksiyasining eng erta holatini aniqlagan tadqiqot nashr etildi. Hisobotda birinchi bemor sifatida Xitoyning Uxan shahridagi baliq bozorida ishlovchi sotuvchi ayol ko‘rsatilgan. Arizona universitetining Ekologiya va evolyusion biologiya kafedrasi mudiri, doktor Maykl Varobayning aytishicha, u 2019 yil 11 dekabrda infeksiyani yuqtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter