Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq TikTokni katta jarimaga tortdi

Yevroittifoq TikTokni katta jarimaga tortdi

Foto: Pixabay.com

Juma kuni Yevropa Ittifoqi TikTok ijtimoiy tarmog‘iga voyaga yetmaganlar haqidagi ma’lumotlar bilan ishlashda ma’lumotlarni himoya qilishning qat’iy qoidalarini buzgani uchun 345 million yevro (368 million dollar) miqdorida jarima soldi.

Ijtimoiy tarmoq gigantiga uch oy ichida o‘z operatsiyalarini muvofiqlashtirishni buyurildi.

Jarima 2020-yilning iyul-dekabr oylari oralig‘ida sodir etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ikki yillik tekshiruvdan so‘ng qo‘llanildi.

Ilova yoshlar orasida juda mashhur va Irlandiya hukumati xulosasiga ko‘ra bolalarning ma’lumotlari tarmoqda ochiq tarzda e’lon qilingan. 

TikTok voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilmagani uchun birinchi marta jazolanayotgani yo‘q. Ijtimoiy tarmoq 2019-yilda AQSh tomonidan 5 million dollarga yaqin, 2021-yilda Niderlandiya tomonidan 750 ming yevro jarimaga tortilgan. O‘tgan aprel oyida Buyuk Britaniya shunga o‘xshash qonunbuzarliklar uchun 15 million yevro atrofida jarima solgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring