Eron axloq politsiyasi tugatildi
Eron axloq politsiyasi tugatildi. Bu haqda AFP mamlakat bosh prokurori Muhammad Ja’far Muntaziriyga asoslanib xabar berdi.
Bosh prokuror aytishicha, hukumat hijob kiyish majburiyati to‘g‘risidagi qonunni o‘zgartirish ustida ham ish olib boryapti. Muntaziriy aynan qanday o‘zgarishlar bo‘lishini aytmadi, ta’kidlashicha, bir-ikki haftada tafsilotlar ma’lum qilinadi.
Eronda 22 yoshli Mahsi Aminiyning o‘limidan so‘ng, sentyabrdan buyon isyonlar davom etmoqda. Uni hijobni noto‘g‘ri kiygan deb hisoblagan axloq politsiyasi qo‘lga olgan, so‘ngra bu idoradan uning o‘ligi chiqqandi.
Kuchishlatar tizimlar isyonlarni shafqatsizlarcha bostirmoqda. Hukumat rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha qariyb 200 kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter