Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov: «O‘n kun ishga piyoda qatnayman»

Erkinjon Turdimov: «O‘n kun ishga piyoda qatnayman»

Foto: Xabar.uz

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatdagi davlat organlari rahbarlari 11-noyabrdan 21-noyabrga qadar ishga piyoda yoki jamoat transportida kelib ketishini taklif qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu davlat rahbarining 2020-yil 30-oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni  ijrosi yuzasidan dastlabki harakat bo‘ladi.

«Men o‘zim shu tartibda ishga kelib-ketaman, xizmat mashinam hokimiyatda turadi. Kun davomida biror bir tumanga chiqadigan bo‘lsam, mashinadan foydalanaman. Kechqurun yana mashinani hokimiyat garajida qoldirib, uyga piyoda yoki jamoat transportida ketaman. Bu, avvalo, salomatligimiz uchun, qolaversa, aholiga shaxsiy ibratimiz bo‘ladi», — degan Erkinjon Turdimov.

Shuningdek, rahbarlar piyoda yoki jamoat transportida yursa, ko‘proq odamlar orasida bo‘lishi, joylardagi real holatdan xabardor bo‘lishini ta’kidlab, bu tashabbus jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring