Erkinjon Turdimov lavozimidan ozod etildi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Erkinjon Turdimov 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2018 yildan Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter