Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi piyoda yurib 100 million so‘m yutib olish imkoni bor — Turizm va sport vazirligi

Endi piyoda yurib 100 million so‘m yutib olish imkoni bor — Turizm va sport vazirligi

Endi piyoda yurib 100 million so‘m yutib olish imkoni bor — Turizm va sport vazirligi bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lumki, 2020-yilning 30-oktyabrida «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq, «Sog‘lom turmush tarzi» (www.1hls.uz) platformasi tashkil etilgan edi.

Xabarga ko‘ra, endilikda 1hls.uz platformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy qilinmoqda.

Platforma foydalanuvchilarini yanada ko‘proq rag‘batlantish maqsadida har hafta bitta 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi.

Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislar, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring