Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor kam harakat qiluvchilarni jiddiy ogohlantirdi

Shifokor kam harakat qiluvchilarni jiddiy ogohlantirdi

O‘tirib ishlashga asoslangan turmush tarzi va jismoniy faollikning yetishmasligi osteoporoz va suyaklarning mo‘rtligi rivojlanishiga olib keladi, deydi nevrolog, revmatolog Pavel Yevdokimenko.

Jismoniy faollikning yetishmasligi suyaklarni yanada mo‘rt qiladi, harakatsiz turmush tarzi bilan osteoporoz paydo bo‘lishi mumkin, bu suyak to‘qimalarining ingichkalashuvi va mo‘rtlashishiga olib keladi.

«Eng keng tarqalgani umurtqa va son suyagining sinishi. Agar odam kamharakat bo‘lib qolsa, unda umurtqa pog‘onasi va mushaklarning qon ta’minoti bilan bog‘liq muammolar kuchayadi», — deb tushuntirdi shifokor.

Nevrolog gimnastikani, toza havoda uzoq yurishni, B vitaminining yetarli miqdorini osteoporozni yengishda samarali vosita deya ta’kidlagan.

Shu bilan birga, nevrolog D vitaminini iste’mol qilishni ko‘paytirmaslik kerakligini ogohlantirdi, bu suyaklar bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi va ulardagi kalsiy miqdorini oshirishib yuorishi mumkin. Vitaminni yetarlicha miqdorda qabul qilish tavsiya etiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring