Ilon Maskning bayonotidan so‘ng kriptovalyutalar narxi qimmatlashdi
Dunyoning eng badavlat kishisi, milliarder Ilon Mask Tesla mahsulotlarini «dogecoin» kriptovalyutasi bilan sotib olish mumkinligini ma’lum qildi. Xabardan so‘ng «dogecoin» (kriptovalyuta) 18 foizga oshdi. Bu haqda «Reuters» xabar bermoqda.
Ilon Mask o‘zining Tvitter akkauntida «Cyberwhistle» va «Cyberquad for Kids» kabi mahsulotlarni kriptovalyuta yordamida xarid qilish mumkin, deb yozdi.
Maskning kriptovalyutalar haqidagi tvitlari 2021 yilda kriptovalyutalarning narxini taxminan 4000 foizga oshishiga sabab bo‘lgandi.
Avvalroq «Binance» kripvalyutalar birjasi bosh direktori Chanpen Chjao kriptovalyutada eng boy odamga aylani haqida ma’lumot bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter