Endi davlat amaldorlari yarim tungacha ishlamaydi
O‘zbekiston davlat xizmatchilari shanba kunlari soat 17:00 gacha ishlaydi, yakshanba kuni esa dam olib, vaqtini oilasi bilan o‘tkazadi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Bugun, 27-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish o‘tkazgan edi. Ushbu yig‘ilishda majlisbozlik haqida ham so‘z ochilgan. Shuningdek, vazirlik va tegishli idora xodimlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda Prezident davlat amaldorlari yakshanba kunlari o‘z vaqtini oilasi bilan o‘tkazishi kerakligini aytgan.
«Endi shanba kunlari ish 17:00gacha davom etadi, yakshanba esa dam olish kuni. Prezident oilamizga vaqt ajratishimizni aytdi. O‘z navbatida, belgilangan ish vaqtida davlat xizmatchilari o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni sifatli va samarali bajarib qo‘yishi kerakligini ham ta’kidladi», deyiladi «Gazeta.uz» xabarida.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev davlat tashkilotlarida majlislar soni va davomiyligini qisqartirishni aytib, keraksiz axborot va hisobotlar talab qilishga barham berishni topshirdi. Bu haqda avvalroq Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilish o‘tkazgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter