«El-yurt umidi» jamg‘armasiga direktor tayinlandi
Hukumat qarori bilan Adxam Sharipovich Bekmurodov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasining direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbarining shu yil 25-sentyabrdagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etilgandi. Ushbu jamg‘arma chet ellarda faoliyat ko‘rsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek, iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda ta’lim olishi, yetakchi xalqaro institutlar va xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga ko‘maklashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter