Echki politsiyachilarga jinoyatchini tutishda yordamlashdi
AQShda echki huquq-tartibot idoralari xodimlariga jinoyat sodir etishda gumon qilingan erkakni qo‘lga olishda yordam berdi. Bu haqda Fox News nashriga asoslanib Mir24 ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Devid Parnella ismli sherif o‘rinbosari sherigi Skott Barker bilan birga oilaviy zo‘ravonlikda ayblanayotgan erkakning uyiga kelgan. Gumonlanuvchi politsiya bo‘limiga borishi kerakligini tushungach, qochishga harakat qilgan.
Politsiya erkakni ta’qib qila boshlagan. Birdan ularga qo‘shni uydan bir echki qo‘shilgan. Hayvon gumonlanuvchini o‘rmonga qochganida ham quvib, taslim bo‘lishga majburlagan.
«Ba’zida yordam har xil shakl va vaziyatda keladi», — deya ta’kidlagan politsiya xodimlari jurnalistlarga.
Qochqin hibsga olinganidan keyin echkiga minnatdorchilik bildirgan holda egasiga qaytarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter