DXX Toshkent viloyatida narkolaboratoriya borligini fosh etdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkolaboratoriya fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, Yuqorichirchiq tumanida 2 nafar fuqaro dala hovlida yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, «Mefedron» sintetik narkotik moddasini tayyorlab, sotish bilan shug‘ullanishgan.
Dala hovlida 1 kg. 12 gr. «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, kimyoviy suyuqliklar va boshqa zarur uskunalar borligi aniqlangan.
Shuningdek, bu shaxslarning biriga tegishli «kafe»da 18 gr. «opiy», 33 gr. «gashish», 2 gr. «Mefedron» narkotik moddalari topilgan.
Bu shaxslar «Telegram» orqali mijoz topib, narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib ketish orqali sotishgan.
Tadbir davomida 15 ta xufiya joyga sotish maqsadida 7 gr. «Mefedron» va 8 gr. «gashish» narkotik moddalari yashirilgani aniqlandi.
Qonunbuzarlar jinoiy harakatlariga farg‘onalik kimyogarni ham jalb etishgan. Kimyogar elementlardan foydalangan holda giyohvandlik vositasini tayyorlagan.
Narkotiklarni xufiya joylarga joylashtirish bilan esa Yuqorichirchiq tumanida yashovchi shaxs shug‘ullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter