Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistondan olib kirilgan 26 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi

Tojikistondan olib kirilgan 26 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarma va bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan qator tezkor tadbirlar davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar aniqlanib, ushlangan shaxslar qonuniy javobgarlikka tortildi.

Tadbirlardan biri davomida 1986 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tayotgan paytda qo‘lga olindi. Uning sumkasini tekshirish jarayonida 15 dona o‘ramda jami 14 kg 584 gr «gashish» moddasi aniqlandi. Qonunbuzarlik bilan bog‘liq harakatlar rasmiylashtirildi va tergovga qadar tekshiruv boshlandi va mazkur giyohvand moddani buyurtma qilgan shaxs ham qo‘lga olindi. 1969 yilda tug‘ilgan Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida yashovchi fuqaro narkotik moddani Bekobod tumanida qabul qilib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa bir holatda, Farg‘ona viloyatidagi tezkor guruh Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan shaxsni kontrabanda orqali olib kirilgan 9 kg 467 gr «opiy» moddasini sotish paytida qo‘lga oldi. Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, ushbu modda Surxondaryo viloyatiga tojikistonlik narkokurer tomonidan olib kelingan va 1994 yilda tug‘ilgan Denov tumani fuqarosi orqali Toshkent viloyatiga yetkazilgan. U ham protsessual tartibda ushlandi.

Qo‘qon shahrida «Farg‘ona–Qo‘qon» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lasetti» avtomashinasi to‘xtatilib, tekshiruvda yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro bel qismiga 1 kg 759 gr «gashish» moddasini yashirgani fosh bo‘ldi.

Shuningdek, «Farg‘ona–Toshloq» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Zaparojets» avtomashinasi salonida 995 gr «gashish» moddasi aniqlandi. Unga 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi fuqaro mas’ul bo‘lgani ma’lum qilindi.

Jami hisobda ushbu tadbirlar davomida Tojikistondan kontrabanda orqali olib kirilgan 26 kg 805 gr giyohvand moddalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda barcha holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring