Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi

Dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi

Foto: INRS

Kanadaning INRS Energie Materiaux Telecommunications Tadqiqotlar markazi muhandislari bir soniyada 156,3 trillionta kadr oluvchi dunyodagi eng tezkor kamerani ishlab chiqishdi.

Foto: INRS

«SCARF» deb nomlangan kamera soniyaning kvadrillion ulushi — femtosekundlar ichida sodir bo‘ladigan hodisalarni, masalan, zarba to‘lqinlarining moddalar yoki tirik hujayralar orqali tarqalishini o‘rganish imkonini beradi.

Kameraning ishlash tamoyili suratga olinayotgan voqea yoki obyekt orqali o‘tayotgan lazer yorug‘ligi ultraqisqa impulslaridan foydalanishga asoslangan. Impulslar rangli gammalar bo‘ylab o‘tgani bois o‘ta qisqa vaqt oralig‘idagi o‘zgarishni yozib olish mumkin.

Foto: INRS

SCARF tizimlari orqali olingan videolarga maishiy foydalanishda ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin, ammo u fizika, biologiya, kimyo, materialshunoslik va muhandislik fanlarida o‘ta tez yuz beruvchi hodisalarni o‘rganishda yangi ko‘makchiga aylanishi ehtimoldan xoli emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring