Dunyodagi eng kuchli 7 yoshli qiz o‘zidan uch baravar og‘ir toshlarni ko‘tarmoqda (foto)
O‘zidan qariyb uch baravar og‘ir shtanga bilan mashq bajaradigan kanadalik qiz dunyodagi eng kuchli deb topildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Ottavalik 7 yoshli Rori van Ulft bir urinishda 32 kilogramm, siltab ko‘tarishda 42 kilogramm shtangani ko‘tara oladi, 61 kilogramm shtanga bilan o‘tirib turadi, 80 kilogrammgacha bo‘lgan toshlarni ko‘tarishi mumkin. Yaqinda u 30 kilogacha vazn toifasida 11 va 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha musobaqada AQShning eng yosh chempioni bo‘ldi.
Qiz og‘ir atletika bilan besh yoshdan beri shug‘ullanadi, mashg‘ulotlarga haftasiga to‘rt soatlab vaqtini sarflaydi. U gimnastikani ham yaxshi ko‘radi, sportning aynan shu turini afzal ko‘radi, gimnastika mashg‘ulotlariga haftasiga to‘qqiz soat vaqt ajratadi.
«Sinkler koeffitsiyentlariga ko‘ra, Rori nafaqat dunyodagi, balki tarixdagi eng kuchli 7 yoshli qiz bo‘lishi mumkin. Buni tasdiqlaydigan dalillar bor», — deydi uning otasi Kavan van Ulft.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter