«Dunyodagi eng aqlli sun’iy intellekt» 18-fevralda taqdim etiladi

Taniqli milliarder, xAI texnologiya kompaniyasi egasi Ilon Mask yangilangan Grok chat-boti taqdim etilishini e’lon qildi.
Maskning o‘zi «Yerdagi eng aqlli sun’iy intellekt» deya ta’riflagan ushbu chat-bot bizning vaqt bilan 18-fevral kuni soat 05:00 da (Tinch okeani vaqti bilan 17-fevral soat 20:00 da) taqdim etiladi.
Aytilishicha, yangilangan tizim hali hech bir ishlanma erishmagan darajada ma’lumotlarni tahlil qilish va javoblar berish qobiliyatiga ega. Sinovlarda Grok 3 barcha raqobatchilarni ortda qoldirdi, dedi Mask.
Ilgari Grok chat-botidan faqat X Premium obunachilari foydalanishlari mumkin edi. Grok 3 esa bepul, buning uchun grok.com veb-saytiga kirish kifoya yoki mobil ilovadan foydalanish mumkin. Ko‘plab chat-botlardan farqi, Grok 3 da savol-javoblarda deyarli chegara yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter