Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat! Poytaxt markazidagi yirik bepul «stoyanka» ertadan butunlay yopiladi

Diqqat! Poytaxt markazidagi yirik bepul «stoyanka» ertadan butunlay yopiladi

Foto: Skrin

Toshkent shahrining Amir Temur va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasidagi chorraha yonida joylashgan yirik bepul avtoturargoh ertaga, 4 dekabrdan yopiladi.

Asosan shu atrofdagi ulkan ofislar – Ucell, Mobiuz (YuMS), Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Bosh pochtamt va boshqa tashkilotlar xodimlariga tegishli mingga yaqin avtomobillar turgan bu avtoturargoh bir necha hafta ilgari o‘rab olina boshlangan edi. Endi esa u yerda «Diqqat, xususiy hudud. 2019 yil 4 dekabrdan avtomobillarning kirishi taqiqlanadi» degan e’lon osilgan.

Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir yil avval Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining «Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim şirketi» kompaniyasi (Turkiya Respublikasi) va «UzTur Investment and Development» MChJ (O‘zbekiston Respublikasi) tomonidan Toshkent shahrida «Tashkent Central Park» ko‘p tarmoqli kompleksi qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangandi.

Toshkentning qoq markazida barpo etilishi rejalashtirilgan besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz va tijorat banki aynan ushbu bepul avtoturargoh o‘rnida quriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring