Maktabiga uzoqdan qatnaydiganlar uchun bepul avtobus yo‘lga qo‘yiladi – loyiha
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti.
Bu haqda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni loyihasida belgilab qo‘yildi.
Qayd etilishicha, mazkur tartibni to‘liq, sifatli va so‘zsiz amalga oshirilishiga viloyat hokimliklari mas’ul bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter