Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari xodimlari xalqaro biznes-forumda qatnashishdi

Davlat xizmatlari xodimlari xalqaro biznes-forumda qatnashishdi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

2018-yilning 10-11-sentyabr kunlari Buxoro shahridagi Yoshlar markazida «Agro biznes Bukhara» xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 18 ta davlatidagi 120 dan ortiq kompaniyalardan vakillar, mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 200 dan ortiq xo‘jalik sub’yektlari ishtirok etdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Biznes-forumning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha 350 mln. AQSh dollariga teng 15 ta loyiha imzolandi.

Ushbu tadbirlarda Davlat xizmatlari agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari ham qatnashishdi. Ular sohaga oid qonun hujjatlari, O‘zbekistonda ish boshlash uchun investorlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni olish tartibini ishtirokchilarga tushuntirib, 400 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatishdi.

Sa’y-harakatlardan maqsad har bir tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, yurtimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit bilan yaqindan tanishtirishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring