Daniya Qur’onni yoqishni taqiqlamoqchi
Tegishli qonun loyihasi Daniya hukumati tomonidan parlamentga taqdim etiladi.
Daniya hukumati jamoat joylarida Qur’on va boshqa diniy bitiklarni yoqishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida adliya vaziri Peter Xummelgord ma’lum qildi.
Xummelgordning fikricha, muqaddas kitoblarga hujum qilishning yagona maqsadi «nafrat uyg‘otish va nifoq solish»dir.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi hozirda mamlakatlarning davlat bayroqlarini yoqishni taqiqlovchi qonun bilan birlashtiriladi, dedi u.
«Qonun Qur’on va Injilni omma oldida yoqib yuborganlarni jazolaydi. Ushbu qonun faqat jamoat joylarida yoki kengroq muhitga tatbiq etish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlarga qaratilgan bo‘ladi», — dedi vazir.
«Bu Daniya dunyoga yetkazmoqchi bo‘lgan muhim xabar», dedi Daniya tashqi ishlar vaziri Lyokke Rasmussen qonun loyihasini sharhlar ekan.
Qonun loyihasi parlamentga qachon taqdim etilishi haqida ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Shvetsiya hukumati ham Qur’onni tahqirlashga qarshi qonun qabul qilmoqchi ekani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter