Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 7-11 mart kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha ish haftasining boshida boshlangan havo haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi.

Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 7 martda 13-16 daraja iliq, 8 martda 17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertaga hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

9-11 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat foni ancha yuqori bo‘lishi saqlanib turadi, kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, 9 martda ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda 7-8 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-11 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 9 martda 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring