Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19ga qarshi emlangan yana bir isroillik vafot etdi

COVID-19ga qarshi emlangan yana bir isroillik vafot etdi

Foto: «REUTERS / Carlo Allegri»

Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan yana bir isroillik hayotdan ko‘z yumdi. U 88 yoshda edi, deya xabar berdi «Times of Israel».

«Erkak koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng bir necha soat o‘tgach Quddusda vafot etdi», — deb yozadi gazeta. Shu bilan birga, shifokorlar bemorning sog‘ligida «surunkali, kompleksli va murakkab» muammolari bo‘lganligini ta’kidlashmoqda.

Dushanba kuni 75 yoshli isroillik Pfizer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinasini qabul qilgandan so‘ng yurak xurujidan vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Isroilda 20-dekabrda aholini COVID-19ga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Birinchi bosqichda vaksinani tibbiyot xodimlari, tibbiyot talabalari, geriatriya muassasalari xodimlari va hokimiyat organlari vakillari qabul qilishdi. Ular bu borada fuqarolarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Ikkinchi bosqichda 60 yoshdan oshgan fuqarolar va xavf guruhiga kiruvchi odamlar emlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring