Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Coca-Cola Rossiyadan ketmoqda

Coca-Cola Rossiyadan ketmoqda

Foto: «RIA Novosti»

Coca-Cola Hellenic Bottling Company (Coca-Cola HBC) Rossiya hududida  Coca-Cola Company brendlari ostida ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatadi. Bu haqda Reuters rasmiy bayonotga asoslanib xabar berdi.

«Kompaniya zaxiralari tugashi bilan, Coca-Cola HBC Rossiya hududida Coca-Cola hamda Coca-Cola Company boshqa brendlari ostida ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatadi», — deyiladi xabarda.

Kompaniya Rossiyada Coca-Cola, Sprite, Fanta, Schweppes, Powerade, Bonaqua, Fuzetea, Adez, Pulpy, Innocent, Rich, «Moya semya» va «Dobriy» brendlari ostida mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring