Hindistonda diniy marosimdagi tiqilinchda 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Fojia Rati Bxanpur qishlog‘ida yuz berdi. Ushbu qishloqda odamlar mashhur voiz Bxole Babuni tinglash uchun yig‘ilgan edi. Bunday diniy marosimlar satsang deb ataladi.
Qurbonlarning shaxsini aniqlash jarayoni hamon davom etmoqda, ularning aksariyati ayollar va bolalardir.
Tiqilinchga aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, chiqish yo‘li juda tor bo‘lgan va odamlar tadbirni tark etayotganda kuchli chang bo‘ronidan sarosimaga tushib, vahima kelib chiqargan, natijada ko‘plab odamlar oyoq ostida qolishgan.
Halok bo‘lgan va jarohatlanganlar shifoxonaga yuk mashinalarida va hatto mototsikllarda olib kelingan. Kasalxona ichida yetarli joy yo‘q bo‘lgani uchun jasadlar ko‘chada to‘planib qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolardan birida ayolning yuk mashinasi orqasida bir jasadlar ustidan yig‘layotgani, boshqasida esa yonma-yon yotgan erkak va ayolning jasadlari aks etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter