Yaponiyada toshqindan halok bo‘lganlar 200 kishiga yaqinlashdi
Yaponiyada jala va suv toshqinlari tufayli halok bo‘lganlar soni 195 kishiga yetdi. Yana to‘rt kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 23 kishi bedarak yo‘qolgan. Xirosima prefekturasida yashovchi 43 kishining qayerda ekanini aniqlashning imkoni bo‘lmayapti.
Ayni paytda favqulodda hodisa sodir bo‘lgan joyda 73 ming nafar mudofaa va politsiya xodimlari hamda o‘t o‘chiruvchilar tunu kun ishlashmoqda. Qutqaruv ishlariga 80 ta vertolyot jalb etilgan.
5600 kishi xavfsiz hududga ko‘chirilgan. 239 ming xonadon suvsiz qolgan. Ularning aksariyati Xirosima prefekturasida yashaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter