Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda 21 yoshli yigitning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzorda 21 yoshli yigitning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzorda 21 yoshli yigitning o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 may kuni Chilonzor tumani IIBda tergov qilinayotgan 21 yoshli yigit vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Keyinchalik bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot e’lon qildi.

Unda yigit tergovdan qochish maqsadida hojatxona derazasidan pastga sakrab, vafot etgani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring