«Beshyog‘och» bozori o‘rnida yirik biznes markazi qurilmaydi – Qurilish vazirligi

Bir muddat oldin Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi tuman hududidagi «Beshyog‘och» dehqon bozori buzilib, uning o‘rnida turk kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik biznes markazi qurilishi haqida xabar tarqatgan edi.
Keyinroq esa tuman hokimligi ayni xabarni o‘zining rasmiy kanalida tahrirlab, bu ma’lumot «taklif bosqichida ekani, ayni vaqtda esa loyiha aniq amalga oshishi, uning muddatlari va qiymati haqida hech qanday rejalar yo‘q»ligini bildirgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi esa ushbu ma’lumotni mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
«Toshkent shahrida amalga oshiriladigan barcha qurilishlarga tasdiqlangan Bosh rejaga muvofiq ruxsat beriladi. Poytaxt Bosh rejasiga ko‘ra ushbu rennovatsiya hududida 9 qavatgacha bino qurilishi belgilangan. Hozirda mazkur hududda «yirik biznes markazi»ning qurilishiga oid ruxsatnoma yoki Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i mavjud emas», – deb yozadi vazirlik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter