Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzor metrosi oldiga shubhali jomadon tashlab ketildi

Chilonzor metrosi oldiga shubhali jomadon tashlab ketildi

Foto: Toshkent IIBB matbuot xizmati

Kecha, 2-yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor metro bekati oldidagi ko‘prik ostiga shubhali jomadon tashlab ketilgan.

Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan bayonot berdi.

«Bugun soat 13:15lar atrofida erkak kishi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi va «Chilonzor» metro bekatiga yaqin joyda egasiz chamadon yotganini xabar berdi. Maxsus amaliyotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek, boshqa tezkor xizmatlar guruhlar xodimlari u yerga yetib borishdi. Tekshiruv chog‘ida chamadon ichida eski matras borligi aniqlandi. Xavotirga o‘rin yo‘q», — deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring