Qo‘qonda chilangar bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa maxsus tekshiriladi
«Indorama Kokand fertilizers and chemicals» AJ bilan shartnomaga asosan ish bajarayotgan «Metall Universal 777» MChJda chilangar vazifasida ishlovchi Yu.S. joriy yilning 17 oktyabr kuni o‘g‘it qadoqlash uskunasi bunkeri ostida metall konstruksiya qismlarini o‘rnatish jarayonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.
«Ushbu baxtsiz hodisani maxsus tekshirish to‘g‘risidagi Farg‘ona viloyat Bandlik bosh boshqarmasining buyrug‘iga asosan ishchi guruh o‘z ishini boshladi.
Tekshirish yakunlari hamda voqeaning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi», deyiladi Mehnat vazirligi munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter