Buxoroda 16 yoshli qiz o‘zini yettinchi qavatdan tashlashga urindi
Buxoro viloyatining Buxoro shahrida o‘zini yetti qavatli uy tomidan pastga tashlashga uringan 16 yoshli qiz qutqarildi.
Qayd etilishicha, ko‘p qavatli uyning yettinchi qavatidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga uringan qiz IIB profilaktika inspektori tomonidan ushlab qolingan.
«Bugun, 22 fevral kuni soat 11:29 da menga qo‘ng‘iroq qilishib, bir qiz o‘zini «dom»ning yettinchi qavatidan pastga tashlashga urinayotganini aytishdi. Aytilgan manzil xizmat xonamdan, chamasi, 700 metrcha uzoqlikda joylashgandi. Tezda xizmat mashinamga o‘tirib, uch daqiqada manzilga yetib bordik. Tomga chiqqanimizda qiz devor ustiga chiqib, yomg‘ir suvlari oqib tushishiga mo‘ljallangan metall qoplamalar ustiga chiqa boshladi. Uni gap bilan chalg‘itdik va ushlab qoldik», — deydi hudud profilaktika inspektori Jahongir Haydarov.
Profilaktika inspektori bilan tom ustida suhbat qilgan o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lganini bildirgan. Keyinchalik qizning Buxoro shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida tahsil olishi, shahardagi ziyoli oila farzandi ekani, joniga qasd qilish uchun arzirli sabab yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter