Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtomobil harakati cheklanadi

Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtomobil harakati cheklanadi

12 mart kuni Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan «V International Tashkent Marathon», «Yangi nafas» «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yilning 11 mart kuni soat 10:00 dan 12 mart kuni soat 16:00 gacha:

Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

2023 yil 12 mart kuni soat 06:00 dan soat 14:00 gacha:

- Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

- Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

- Islom Karimov ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

- Afrosiyob ko‘chasi – Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

- Shahrisabz ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

- Oybek ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

- Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Istiqbol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

- Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Istiqbol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Abay ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring