Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britan olimlari noodatiy kosmik hodisani qayd etdi

Britan olimlari noodatiy kosmik hodisani qayd etdi

Buyuk Britaniyadaning Uoriks universiteti olimlari halokatga uchragan sayyora qoldiqlarining yulduz bilan to‘qnashgani isbotini ilk marotaba  qayd etishdi. Ilmiy izlanish natijalari Nature jurnalida chop etilgan.

Astronomlar Chandra kosmik observatoriyasida G29-38 mitti yulduzi chiqaradigan rentgen nurlarini aniqlashdi. Ushbu ob’yekt quyosh tizimiga eng yaqin bo‘lgan kichik yulduzlar turkumiga tegishli bo‘lib, 44 yorug‘lik yili masofasida joylashgan.

Spektroskopik kuzatishlar (bu yulduzlar va boshqa osmon jismlaridan chiqadigan ko‘rinadigan yorug‘lik, ultrabinafsha, rentgen, infraqizil va radio to‘lqinlarni o‘z ichiga olgan elektromagnit nurlanish spektrini o‘lchash uchun spektroskopiya texnikasi yordamida astronomiyani o‘rganish) yulduz atmosferasida metallar mavjudligini ko‘rsatgan. Bu asteroid kabi kichik samoviy jismni yo‘q qilish paytida paydo bo‘lgan materialning to‘planishi bilan izohlanadi. Sodir bo‘layotgan bunday kosmik jarayon yulduz va sayyora bo‘lagi o‘rtasidagi to‘qnashuvda sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Britan olimlariga ko‘ra, ulkan ota-yulduz qizil gigantga aylanib, tashqi qatlamlari halokatga uchragan, butunlay vayron bo‘lgan yoki orbitadan chiqqan eski sayyoralar tizimlarining qoldiqlarini to‘plashmoqda.

Agar shu yo‘sinda jarayonlar davom etsa, galaktikamizga yaqin masofada ham gigant yulduz paydo bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring