Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3-iyun kuni Yer aholisi kamyob astronomik hodisaga guvoh bo‘ladi

3-iyun kuni Yer aholisi kamyob astronomik hodisaga guvoh bo‘ladi

Astronomlar 3-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan «sayyoralar paradi» haqida e’lon qilishdi. Bunday hodisalar har 20 yilda bir marta sodir bo‘ladi, deb yozadi «TASS».

To‘rtta sayyora: Venera, Yupiter, Merkuriy va Uran bir-biriga yaqin joylashgan. Ular Quyosh yaqinidagi 20-30 darajali sektorda bo‘ladi. Biroq, bu hodisani yorqin kunduzgi osmonda kuzatish imkonsiz bo‘ladi, shuning uchun sayyoralar paradini ko‘rinmas deb atash mumkin.

Moskva planetariysi aniqlik kiritishicha, 3-iyun kuni barcha sayyoralar Quyoshning bir tomonida quyidagi tartibda joylashadi: Quyosh, Venera, Yupiter, Merkuriy, Uran, Mars, Neptun va Saturn. Ulardan faqat Saturn osmon musaffo bo‘lsa, quyosh chiqishidan oldin ufqda juda pastda qisqacha ko‘rinadi. Shuningdek, sayyoralarga Marsdan unchalik uzoq bo‘lmagan so‘nib borayotgan Oy ham «qo‘shiladi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring