Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyaning korrupsiyada gumon qilingan sobiq prezidentini xitoyliklar ishga oldi

Braziliyaning korrupsiyada gumon qilingan sobiq prezidentini xitoyliklar ishga oldi

Foto: «Kommersant»

OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, «Huawei» kompaniyasi Braziliya sobiq prezidenti Mishel Temerni shu hududda 5G bo‘yicha maslahatchi sifatida ishga oldi. Xitoyliklar shu tariqa Braziliya beshinchi avlod tarmoqlari bozoriga kirib borishga umid qilishmoqda.

E’tiborli jihati nimada? Braziliya yaqindagina mamlakatda «Huawei» kompaniyasiga mamlakat hududida 5G infratuzilma barpo etishni taqiqlamoqchi bo‘lib turgandi. Xitoyliklar sobiq prezident, shu bilan birga advokat hamda yuridik fanlar doktori Mishel Temerning yordamidan foydalanishmoqchi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yili Temer korrupsiyada gumon qilinib hibsga olingandi.

Nima bo‘lganda ham Mishel Temer bilan ittifoq «Huawei» uchun foydadan xoli bo‘lmasligi mumkin. Negaki, sobiq prezident amaldagi prezident Jair Bolsonaru bilan yaqin deyishadi. Xitoyliklarga shuning o‘zi yetarli...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring