Braziliya sobiq prezidenti og‘ir ahvolda shifoxonaga tushdi. Unga jiddiy jazo xavf solmoqda

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru shifoxonaga yotqizildi.
2018-yilda saylovoldi mitingida pichoqlangan Bolsonaru qattiq qorin og‘rig‘i bilan shifoxonaga olib ketildi.
70 yoshli Bolsonaru Rio Grande-do Norte shtatidagi partiya tadbirida qatnashayotganida, u «2018-yilgi pichoqbozlik munosabati bilan» og‘ir ahvolga tushgan, dedi Liberal partiya vakili AFPga.
Sobiq prezident joriy yil fevral oyida 2022-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatidan keyin davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan edi. Bolsonaru o‘z aybini inkor etib, siyosiy ta’qib qurboni ekanligini da’vo qilmoqda.
Agar Bolsonaru aybdor deb topilsa, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Jarayon yil oxirigacha boshlanishi kutilmoqda. Sobiq prezidentning o‘zi esa AQShda istiqomat qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter