Braziliyalik vinger futboldagi tezlik rekordini yangiladi

Portugaliyaning «Santa-Klara» klubi o‘ng qanot vingeri, braziliyalik 23 yoshli Gabriel Silva Viyeyra «Famalikan»ga qarshi o‘yinda jahon futbolidagi tezlik rekordini yangiladi.
Mamlakat chempionati doirasida «Santa-Klara» o‘z maydonida «Famalikan»ni 2:1 hisobida yengdi. O‘yindagi vaziyatlarning birida maydon egalari forvardi Gabriel Silva raqibdan to‘pni olish uchun 40,3 km/soat tezlikda yugurdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Sprinter ko‘rsatkichlari har bir rasmiy o‘yinda ishlatiladigan maxsus kameralar orqali qayd etildi.
Futboldagi eng yuqori tezlik rekordi shu paytgacha Angliyaning «Nyukasl» klubi himoyachisi Sven Botmanga tegishli edi — 39,21 km/s.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter