«Bo‘zsuv» kanalida cho‘kayotgan mast fuqaro qutqarib qolindi
10-iyul kuni Toshkent shahar FVB Tezkor boshqaruv markazi Navbatchi-dispetcherlik xizmati raqamiga Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalida fuqaro cho‘kib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha fuqaro spirtli ichimlik is’temol qilib, cho‘milish maqsadida suvga tushgan va o‘z ehtiyotsizligi natijasida xavfsizligini ta’minlay olmay cho‘kayotgan bo‘lgan.
FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan so‘ng psixologik yordam ko‘rsatilib, tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter