«Metallurg» futbol klubi xodimi qahramonlik ko‘rsatdi
«Metallurg» futbol klubi xodimi Daniel Korshunov Bekoboddagi kanalda cho‘kayotgan bolani qutqardi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Daniel Korshunov har kuni ertalab va kechqurun klub qarorgohi yonidan o‘tuvchi kanal bo‘ylab sayr qilishga odatlangan.
Odatga ko‘ra, suv yoqalab sayr qilayotganida birdan kimningdir kanalda bir ko‘rinib, bir ko‘rinmay cho‘kayotganiga ko‘zi tushadi. Daniel o‘ylab o‘tirmasdan o‘zini kanalga otadi. Suv shitobi tez, o‘pqon kishini domiga tortsada, u cho‘kayotgan bolaga bir zumda yetib boradi va uni qirg‘oq tomon sudraydi. Kanal cheti sirpanchiq holatga kelib qolgan. Bolakayni amallab qirg‘oqqa uzatadi. Yordamga yetib kelganlar bolani ham, Danielni ham qirg‘oqdan tortib chiqarishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter