Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda bolakay kir mashina ichiga qisilib qoldi

Jizzaxda bolakay kir mashina ichiga qisilib qoldi

FVV qutqaruvchilari tomonidan Jizzaxda kir mashina ichida qisilib qolgan bola qutqarildi.

Kecha, 6 yanvar kuni soat 18:40 da Jizzax shahri, Ittifoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida bola ehtiyotsizlik oqibatida kir mashinaning quritish qismida qisilib qolganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida bolakay sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring