«Boysun bahori» festivalidan fotoreportaj
Bugun, 28-aprel kuni Boysun tumanining Padang qishlog‘ida «Boysun bahori-2018» folklor festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda yurtimizning barcha viloyatlaridan turli folklor dastalari qatnashyapti. Festivalga 20 ga yaqin davlatlardan mehmonlar tashrif buyurgan.
Boysun yurtimizning qadimiy va shu bilan birgalikda, navqiron kentlaridan sanaladi. Boysunning jahon moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi sifatida e’tirof etilishi bizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Buni festivalga tashrif buyurgan sayyohlar ham ta’kidlashmoqda.
Festivalda hunarmandlar, jumladan, kulollar, ipakchilar ham faol qatnashmoqda. Yurtimizning boy o‘tmishi, nafis madaniy merosi, milliy qadriyatlarimiz ushbu tantanada aksini topgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter