Bosh vazirga ayrim hokimlarning lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi
Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda budjet tushumi uchun eng katta zaxira bo‘lgan yerlarni tadbirkorlarga auksion orqali sotish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Qayd etilishcha, o‘tgan yili bundan 1 trillion so‘m tushum bo‘lgan, 12 mingta yangi loyihalar qo‘shilgan.
«Lekin joylardagi sustkashlik bois, o‘tgan yili 3 trillion so‘m qo‘shimcha tushum boy berildi», – dedi Prezident.
Shu bois Bosh vazirga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalalquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi.
Davaktiv agentligi yerlarni auksionda sotish bo‘yicha 4 trillion so‘mlik rejani tumanbay ishlab chiqishi va ijrosini ta’minlashi belgilandi.
Tumanning master rejasi bo‘lsa, bu juda katta mablag‘, tadbirkorlar va bandlik uchun manba bo‘lishi ta’kidlandi. Lekin hozirgacha bor-yo‘g‘i 17 ta kichik aholi punktining master rejasi tayyorlangani ma’lumot uchun aytib щtildi.
Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yil yakuniga qadar 70 ta, kelasi yili barcha tumanlarning master rejalarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter